AdA — Yordam markazi

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 31-avgust

AdA reklama beruvchilarga Instagram profillari, Telegram va YouTube kanallarini tahlil qilib, reklama uchun mos auditoriyani topishda yordam beradi. Savolingiz bo'lsa yoki ilovada muammo yuzaga kelsa — quyidagi javoblarni ko'ring yoki bizga to'g'ridan-to'g'ri yozing.

E-pochta: i.isroilov4516@gmail.com

Odatda 1–2 ish kuni ichida javob beramiz.

Ko'p beriladigan savollar

Ilovaga kira olmayapman

Ro'yxatdan o'tishda email yoki telefon raqamingizga bir martalik kod (OTP) yuboriladi. Kod kelmasa: spam papkasini tekshiring, raqam/emailni to'g'ri yozganingizga ishonch hosil qiling va 1–2 daqiqadan keyin qayta so'rang. Parolni unutgan bo'lsangiz — kirish sahifasidagi "Parolni unutdingizmi?" orqali tiklang.

Ko'rsatkichlar qayerdan olinadi?

Faqat ochiq (public) sahifalardan: obunachilar soni, ochiq postlar, ko'rishlar soni. YouTube ma'lumotlari rasmiy YouTube Data API v3 orqali olinadi. Sizdan ijtimoiy tarmoq parolingiz so'ralmaydi va sizning nomingizdan hech nima joylanmaydi.

Raqamlar aniqmi?

Ko'rsatkichlar ochiq ma'lumotga asoslangan baho. Ular reklama natijasiga kafolat emas. Sahifa egasi postni o'chirsa yoki yopiq qilsa, raqamlar o'zgarishi mumkin.

Obunani qanday bekor qilaman?

iPhone/iPad'da obuna App Store orqali boshqariladi: Sozlamalar → [ismingiz] → Obunalar → AdA → Obunani bekor qilish. Bekor qilish joriy to'langan davr oxirigacha kuchga kirmaydi — shu vaqtgacha xizmatdan foydalanaverasiz.

Pulni qaytarib olsam bo'ladimi?

App Store orqali qilingan xaridlar uchun pul qaytarishni faqat Apple hal qiladi: reportaproblem.apple.com. Bu masalada bizning vakolatimiz yo'q.

Xaridim yo'qolib qoldi / yangi telefonga o'tdim

Obuna sahifasining yuqori o'ng burchagidagi "Xaridni tiklash" tugmasini bosing. Obuna Apple ID'ingizga bog'langan, shuning uchun qayta to'lamasdan tiklanadi.

3 kunlik bepul sinov qanday ishlaydi?

Yangi obunachi birinchi 3 kun bepul foydalanadi. Sinov tugashiga kamida 24 soat qolganda bekor qilmasangiz, obuna avtomatik davom etadi va to'lov yechiladi. Sinov obuna guruhi bo'yicha bir marta beriladi.

Mening sahifam ilovada ko'rinmasin desam?

Yuqoridagi e-pochtaga sahifangiz havolasi bilan yozing — o'chiramiz.

Hisobimni o'chirmoqchiman

Ilovada: Profil → Sozlamalar → Hisobni o'chirish. Yoki hisobni o'chirish sahifasi orqali so'rov yuboring.

Huquqiy hujjatlar